Yangi Yilni Faollashtirish vebinari (07.01.2021 Insragram)
📣📣📣📣📣📣📣📣📣
Ushbu vebinarimizda Yangi yilni qanday qilib "to'g'ri faollashtirish" haqida gaplashamiz. Ko'pchiligimiz yangi yilni qanday qilib unumli va samarali yil qilish haqida to'liq bilimga ega emasmiz. Ushbu jonli vebinarimizda 2021-yilni o'zimiz uchun eng foydali va yangiliklarga boy yil qilishga yordam beruvchi tehnikalar bilan bo'lishamiz.
Yangi yilni qanday kutib olsangiz, butun yilingiz shunaqa o'tishi haqida eshitgansiz. Bunda ko'pchiligimiz aynan yangi yil kechasini tushunamiz. Aslida, yangi yilning birinchi 2 haftasi yoki 10 kunligi butun yilga o'z ta'sirini ko'rsatishi mumkin.
Yangi yilning ilk haftalarini qanaqa o'y-fikrlar bilan kutib olsangiz, huddi shu tarzda yilni
o'tkazasiz. Yangi yilga 1 kechada o'tilmaydi, yangi yilga o'tishda o'zining transformatsion jarayoni bor. Ushbu davr 30,31-dekabrdan 10-yanvargacha cho'ziladi.
Shu vaqt mobaynida siz yilingizni qanday rejalashtirsangiz, kutib olsangiz va niyat qilsangiz yangi yilingizni shu tarzda faollashtirgan bo'lasiz. Faollashtirish qoidalari, tartibi va sir-asrorlari haqida esa ertangi vebinarimizda bo'lishamiz.
Ushbu vebinarimizda ko'plab insonlar qatnashishi va o'zlari uchun yangi bilmlar olishlarini xohlaymiz! Bunda esa siz azizlarning yordamingiz zarur.
Yordam berish esa juda oson! Ushbu postimizni yaqinlaringizga, siz ravo ko'rgan insonlarga ulashing.